{"id":1685,"date":"2025-03-22T12:28:12","date_gmt":"2025-03-22T07:28:12","guid":{"rendered":"https:\/\/hidayatnuri.uz\/?p=1685"},"modified":"2025-03-22T12:28:12","modified_gmt":"2025-03-22T07:28:12","slug":"alixontora-soguniyning-hayoti-va-ijodi-haqida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/hidayatnuri.uz\/index.php\/uz\/maqola\/1685\/","title":{"rendered":"ALIXONTO&#8217;RA SOG&#8217;UNIYNING HAYOTI VA IJODI HAQIDA"},"content":{"rendered":"<p>Alixonto&#8217;ra Sog&#8217;uniy 1885 yilda Turkiston o&#8217;lkasining To&#8217;qmoq shahrida dehqonchilik bilan shug&#8217;ullanuvchi o&#8217;zbek oilasida tug&#8217;ilgan. Bu shahar hozirgi Qirgiziston hududida joylashgan. Alixontora ozining adabiy taxallusini ona shahrining qadimiy nomi Bolasog&#8217;un bilan bog&#8217;lagan. Otasi Shokirxonto&#8217;ra davrining o&#8217;qimishli kishilaridan bo&#8217;lgan. U o&#8217;g&#8217;lining ilm olishiga alohida e&#8217;tibor qaratadi. Alixonto&#8217;ra avvaliga Buxoro shahridagi \u201cMir Arab\u201d madrasasida, keyinchalik esa Madinadagi dorulfununlardan birida tahsil oladi. Tabiatan zakovatli, ziyrak, yangilikka o&#8217;ch bo&#8217;lgan yosh Alixonto&#8217;ra Turkistonga qaytib kelganidan keyin yurtdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga faol tarzda aralasha boshlaydi.<\/p>\n<p>Birinchi jahon urushi davom etayotgan bir pallada Turkiston xalqi front ortidagi xizmatlar uchun mardikorlikka olina boshlaydi. Mustabid bosqinchilarning olib borayotgan siyosatiga qarshi chiqqani uchun bo&#8217;lajak siyosatchi rus podshohining maxfiy politsiyasi nazoratiga tushib qoladi.<\/p>\n<p>1916 yili xalq qo&#8217;zg&#8217;oloni shafqatsizlarcha bostirilgach, qirg&#8217;inbarot va zo&#8217;rlik avj olib, bosqinchilar erkin fikrli ziyoli kishilarni vahshiylarcha qirib, qamay boshlaydi. Shundan keyin Alixonto&#8217;ra mamlakatda qolish xavfliligini sezib, Xitoy nazoratidagi Qashqar shahriga ketishga majbur bo&#8217;ladi. Keyinroq Sharqiy Turkistonning boshqa bir yirik shahri Guljaga boradi.<\/p>\n<p>Sharqiy Turkiston hududida tarixan uyg&#8217;urlar va kam sonli boshqa millatlar: qozoqlar, qirgizlar, tojiklar va o&#8217;zbeklar istiqomat qilib kelishgan. XVI-XVII asrlarda bu hududda Uyg&#8217;ur xonligi, ya&#8217;ni Yarkent davlati bo&#8217;lgan. 1759 yilda o&#8217;sha paytda Xitoyda hukmronlik qilayotgan Qing sulolasi Sharqiy Turkistonni bosib olib, hududni mustamlakaga aylantiradi. Uzoq davom etgan qarshilik harakatlari natijasida 1864 yili Manjur-Xitoy qo&#8217;shinlari quvib chiqarilgan va uyg&#8217;urlar \u201cYettishahar\u201d nomi bilan yangi mustaqil davlatini tiklagan. Lekin bu mustaqillik uzoq davom etmaydi. 1876 yilda Xitoy qo&#8217;shinlari yana bostirib kirishdi. 8 yillik qonli urushdan keyin Sharqiy Turkiston hududi Xitoy tarkibiga qayta qo&#8217;shib olinadi va bu yerlarga \u201cyangi chegara\u201d ma&#8217;nosini anglatuvchi Sinsyan yoki Shinjon nomi beriladi. Sharqiy Turkistondagi milliy ozodlik harakatlari XX asrda ham davom etgan. Qaynoq siyosiy jarayonlar kechayotgan bir paytda bu hududga kelib qolgan Alixonto&#8217;ra uyg&#8217;ur xalqining milliy-ozodlik harakatiga qo&#8217;shiladi.\u00a0Xalq orasida yurtni ozod qilish g&#8217;oyalarini faol targ&#8217;ib qilgani sababli, 1937 yilda Xitoy ma&#8217;murlari tomonidan hibsga olinib, umrbod qamoq jazosiga hukm etildi. Sog&#8217;uniy qamoqda 4 yil bo&#8217;ladi. Bu davrda ham u ozodlik harakatini g&#8217;oyaviy jihatdan faol tarzda qo&#8217;llab-quvvatlashni davom ettiradi. 1941 yilda adliyaviy taftish natijasida Alixonto&#8217;ra ozod qilinadi. Shundan keyin Alixonto&#8217;ra boshliq sharqiy turkistonliklar yurtni ozod qilish uchun umumxalq kurashini boshlab yuborishadi. 1943 yilda \u201cSharqiy Turkiston Ozodlik Tashkiloti\u201d tuziladi. 1944 yil 7\u201410 noyabr kunlari Guljada bo&#8217;lib o&#8217;tgan qurolli qo&#8217;zg&#8217;olon g&#8217;alaba qozonadi. Chan Kayshi va gomindanchilar armiyasi ketma-ket janglarda mag&#8217;lub etiladi va ular chekina boshlaydi.<\/p>\n<p>1944 yil 12 noyabrda Sharqiy Turkiston jumhuriyati e&#8217;lon qilinib, Alixonto&#8217;ra Muvaqqat inqilobiy hukumat raisligiga saylangan. Milliy qo&#8217;shinni tuzish, uni qurollantirish va tarkibini mustahkamlash ishlarining tashabbuskori sifatida Alixonto&#8217;ra qo&#8217;shin bosh qo&#8217;mondoni etib tayinlangan va unga \u201cmarshal\u201d oliy harbiy unvoni berilgan.<\/p>\n<p>Alixonto&#8217;ra Sog&#8217;uniy tarixni, ayniqsa, islom tarixi va Turkiston tarixini o&#8217;rgangan o&#8217;tkir zehnli olim edi. U 1954\u20141961 yillar oralig&#8217;ida o&#8217;zining ko&#8217;pyillik ijodiy mehnati mahsuli bolgan \u201cTarixi Muhammadiy\u201d asarini yozadi. Ammo sovet tuzumi bu asarni bosib chiqarishga ruxsat bermaydi. Bu kitob faqatgina mustaqillikdan keyin, 1991 yilda Alixonto&#8217;raning avlodlari tomonidan nashr etilgan. Kitob payg&#8217;ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam tarixlari bilan tanishtirishga bag&#8217;ishlangan. Ayni mustaqillikning ilk yillarida bu asarning paydo bo&#8217;lishi uzoq yillar diniy taqiqlar ostida yashagan millatning ma&#8217;naviy yuksalishida juda katta ahamiyat kasb etadi. Shundan keyin olimning yetti yil mobaynida yozilgan \u201cTurkiston qayg&#8217;usi\u201d tarixiy-publitsistik asari dunyoga keladi.\u00a0Asar 1917\u20141950 yillar mobaynida G&#8217;arbiy va Sharqiy Turkistonda sodir bo&#8217;lgan voqealarning ko&#8217;pchilikka ma&#8217;lum bo&#8217;lmagan tomonlarini ochib beradi. Xususan, Alixonto&#8217;ra Turkiston\u00a0xalqi qanday qilib mustabid tuzumga qaram bo&#8217;lib qolganini davlat arbobi sifatida\u00a0siyosiy\u00a0va ijtimoiy jihatdan tahlil qiladi. Shuningdek, asarda Markaziy Osiyo xalqlarining XIX asr oxirlarigacha bo&#8217;lgan davrdagi davlatchilik tarixi, Amir Temur va turkiy xalqlarning kelib chiqishiga doir qimmatli malumotlar ham keltiriladi. Kitobning ikkinchi qismi\u00a0esa Sharqiy Turkiston Jumhuriyatining yuzaga kelishi va parokanda bo&#8217;lish sabablariga bag&#8217;ishlangan. Bundan tashqari, Alixonto&#8217;ra she&#8217;riy asarlarini to&#8217;plab, \u201cDevoniy Sog&#8217;uniy\u201d devonini tuzdi, tabobatga bag&#8217;ishlangan \u201cShifaul-ilal\u201d asarini yozadi.<\/p>\n<p>Alixonto&#8217;raning yana bir eng katta xizmati \u2014 u sovetlar tomonidan Amir Temur shaxsiyatiga qo&#8217;yilgan qator ayblovlar asossiz ekanini dalillar bilan isbotlab bergan. Shoro hukumati esa sarkardani qonxo&#8217;r\u00a0va johil qilib korsatib kelgan. 1967 yilda Sog&#8217;uniy \u201cTemur tuzuklari\u201d asarini forsiydan tarjima qilib, \u201cGuliston\u201d jurnalida chop qila boshlaydi. Ammo adolat yuzaga chiqayotganidan qo&#8217;rqqan o&#8217;sha davrning ayrim rahbarlari asarni oxirigacha nashr qilishga qarshilik ko&#8217;rsatadi.<\/p>\n<p>Ahmad Donishning \u201cNodir voqealar\u201d, Herman Vamberining \u201cMovarounnahr yoki Buxoro tarixi\u201d, Darvish Ali Changiyning\u00a0\u201cMusiqa risolasi\u201d kabi asarlar ham Alixonto&#8217;ra Sog&#8217;uniy tomonidan o&#8217;zbek tiliga tarjima qilingan. Sog&#8217;uniy milliy tilni milliy tuyg&#8217;uning asosiy bo&#8217;g&#8217;ini deb biladi; ona tilining qadri qanchalik baland bo&#8217;lsa, millatning mavqeyi shunchalik baland bo&#8217;ladi, milliy tuyg&#8217;\/u saqlanib qoladi, deb hisoblagan.<\/p>\n<p>Ham diniy, ham dunyoviy jihatdan katta ilmga ega ijodkor va davlat arbobi Alixonto&#8217;ra Sog&#8217;uniy 1976 yilda, 91 yoshida vafot etadi.<\/p>\n<p>Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o&#8217;rta maxsus islom bilim yurti o&#8217;qituvchisi Haytmurat Erejepov<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Alixonto&#8217;ra Sog&#8217;uniy 1885 yilda Turkiston o&#8217;lkasining To&#8217;qmoq shahrida dehqonchilik bilan shug&#8217;ullanuvchi o&#8217;zbek oilasida tug&#8217;ilgan. Bu shahar hozirgi Qirgiziston hududida joylashgan. Alixontora ozining adabiy taxallusini ona shahrining qadimiy nomi Bolasog&#8217;un bilan bog&#8217;lagan. Otasi Shokirxonto&#8217;ra davrining o&#8217;qimishli kishilaridan bo&#8217;lgan. U o&#8217;g&#8217;lining ilm olishiga alohida e&#8217;tibor qaratadi. Alixonto&#8217;ra avvaliga Buxoro shahridagi \u201cMir Arab\u201d madrasasida, keyinchalik esa Madinadagi dorulfununlardan&#8230;<\/p>\n","protected":false},"author":2,"featured_media":1686,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[77],"tags":[],"class_list":["post-1685","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-maqola"],"featured_image_urls":{"full":["https:\/\/hidayatnuri.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250322_122739.jpg",900,600,false],"thumbnail":["https:\/\/hidayatnuri.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250322_122739-150x150.jpg",150,150,true],"medium":["https:\/\/hidayatnuri.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250322_122739-300x200.jpg",300,200,true],"medium_large":["https:\/\/hidayatnuri.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250322_122739-768x512.jpg",640,427,true],"large":["https:\/\/hidayatnuri.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250322_122739.jpg",640,427,false],"1536x1536":["https:\/\/hidayatnuri.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250322_122739.jpg",900,600,false],"2048x2048":["https:\/\/hidayatnuri.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250322_122739.jpg",900,600,false],"newsmatic-featured":["https:\/\/hidayatnuri.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250322_122739-820x545.jpg",820,545,true],"newsmatic-list":["https:\/\/hidayatnuri.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250322_122739-600x400.jpg",600,400,true],"newsmatic-thumb":["https:\/\/hidayatnuri.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250322_122739-300x200.jpg",300,200,true],"newsmatic-small":["https:\/\/hidayatnuri.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250322_122739-150x95.jpg",150,95,true],"newsmatic-grid":["https:\/\/hidayatnuri.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250322_122739-400x250.jpg",400,250,true],"menu-thumb":["https:\/\/hidayatnuri.uz\/wp-content\/uploads\/2025\/03\/IMG_20250322_122739-330x230.jpg",330,230,true]},"author_info":{"display_name":"hidayat_admin","author_link":"https:\/\/hidayatnuri.uz\/index.php\/author\/hidayat_admin\/"},"category_info":"<a href=\"https:\/\/hidayatnuri.uz\/index.php\/category\/uz\/maqola\/\" rel=\"category tag\">\u041c\u0430\u049b\u043e\u043b\u0430<\/a>","tag_info":"\u041c\u0430\u049b\u043e\u043b\u0430","comment_count":"0","_links":{"self":[{"href":"https:\/\/hidayatnuri.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1685","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/hidayatnuri.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/hidayatnuri.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/hidayatnuri.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/users\/2"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/hidayatnuri.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=1685"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/hidayatnuri.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1685\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":1687,"href":"https:\/\/hidayatnuri.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/1685\/revisions\/1687"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/hidayatnuri.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/media\/1686"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/hidayatnuri.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=1685"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/hidayatnuri.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=1685"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/hidayatnuri.uz\/index.php\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=1685"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}